Uchrashuvda soʻnggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlandi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy masalalarini muhokama qildi. Xususan, Latviyada ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini Oʻzbekistonga, Oʻzbekistonning oziq-ovqat va farmatsevtika vositalarini Latviyaga eksport qilinishidan har ikki mamlakat manfaatdor ekanligini qayd etildi.
Bundan tashqari Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev boshchiligida aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilganligini alohida qayd etildi.
Uchrashuv davomida hamkorlikni yana-da rivojlantirish yoʻnalishlari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.