Yevroparlament deputati va Riga sobiq rahbari Nil Ushakov o'zining Telegram-kanalida chegara zonasida tankka qarshi to'siqlar – “ajdar tishlari” tasvirlangan videoni e'lon qildi.
Avvalroq Polsha, Litva, Latviya va Estoniya alyansni Moskvadan kelayotgan harbiy tahdidlar va “boshqa zararli harakatlar”dan himoya qilish uchun Yevropa Ittifoqining Rossiya va Belarus bilan chegarasida mudofaa chizig'ini qurishga chaqirgan edi.
Bu davlatlar rahbarlarining Yevropa Ittifoqi rahbariyatiga yo'llagan maktubida chegarada mudofaa infratuzilmasining paydo bo'lishi Yevropa Ittifoqini harbiy va gibrid tahdidlardan himoya qilish masalasini hal qilishi ta'kidlangan. Gibrid tahdidlarga harbiy va noharbiy tahdidlar, shuningdek dezinformatsiya, kiberhujumlar, iqtisodiy bosim va chegarada migratsiya inqirozini keltirib chiqarishga urinishlar kiradi, deb xabar beradi gazeta.ru.