Suhbat chogʻida Oʻzbekiston – Latviya aloqalarining siyosiy-diplomatik, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqoti hamda “Oʻzbekiston – Latviya – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajadagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali hamda alohida mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.