Delegatsiya tarkibi Latviya Xalqaro munosabatlar instituti direktori Andris Spruds, Latviya Fanlar akademiyasi huzuridagi Iqtisodiyot instituti direktori Nina Linde, Latviya Qishloq xoʻjalik tashkilotlari hamkorligi kengashi boshqaruvining aʼzosi Guntis Gutmanis, maslahatchi Egils Xelmanisdan iborat.
Riga aeroportida boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston elchisi Qadamboy Sultonov Toshkentda boʻlib oʻtadigan forumning latviyalik ishtirokchilariga mazkur anjuman va undan koʻzlangan asosiy maqsadlarga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etdi.
Latviya delegatsiyasi aʼzolari Markaziy vav Janubiy Osiyo makromintaqasida transport, logistika, infratuzilma, texnologik va gumanitar aloqadorlikning istiqbollariga bagʻishlangan ushbu oʻta muhim konferensiya ishida qatnashishdan amaliy naf kutishayotganini maʼlum qildilar. Ularning qayd etishlaricha, bu nafaqat Latviya uchun, balki butun Yevropa Ittifoqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonning COVID-19 pandemiyasi davridagi murakkabliklarni bartaraf etishi asnosida bunday keng qamrovli tadbirni oʻtkazishi mohiyatan mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yana-da mustahkamlaydi.
Oʻzbekiston elchixonasidan maʼlum qilinishicha, Latviya delegatsiyasi aʼzolari mamlakatimizning bir necha vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar oʻtkazishi, savdo, investitsiyalar, transport, “yashil” texnologiyalar, axborot texnologiyalari, taʼlim, innovatsiyalar, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda Oʻzbekiston – Latviya hamkorligining istiqbollarini muhokama etishlari ushbu tashrif dasturidan oʻrin olgan.