Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit videoga yuz mingta «layk« yigʻilsa, otasini urib, qariyalar uyiga topshirishini aytgani tarqalgandi.
Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati videodagi yigitning shaxsi aniqlanib, unga jazo tayinlanganini maʼlum qildi.
Maʼlum qilishicha, Mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Chirchiq shahar sudi tomonidan koʻrib chiqildi.
Unga koʻra, 2000-yilda tugʻilgan fuqaro U.S. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 (oʻn besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
«Mamlakatimizda ijod erkinligi cheklanmagan, ammo bu qonunbuzarlik evaziga emas. Unutmang, internet tarmoqlari orqali ham, sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat uchun javobgarlik va jazo muqarrar«, deya eslatadi Bobur Toʻlaganov.