“Layli va Majnun” spektakli Ozarbayjonning Shusha shahrida oʻtkazilgan xalqaro festivalda gʻolib boʻldi

    Samarqand viloyat musiqali drama teatri joriy yilning 31-oktyabr – 4-noyabr kunlari Shusha shahrida oʻtkazilgan I Xalqaro TURKSOY teatrlar festivalida qatnashdi.

    Madaniyat vazirligi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston teatr jamoasi mazkur xalqaro festivalda rejissyor Asqar Xolmoʻminov tomonidan sahnalashtirilgan “Layli va Majnun” spektaklini namoyish etdi.

    Festival yakunlariga koʻra, Samarqand viloyat musiqali drama teatrining “Layli va Majnun” spektakli “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.