Oʻzbekiston boks federatsiyasi maʼlum qilishicha, Mullajonov hozirda professional boksda oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Joriy yilning 11-iyun kuni Xalqaro doping qoidalariga koʻra, sportchidan doping sinama testi olingan va Xalqaro Test agentligiga (ITA) tomonidan test natijalariga koʻra taqiqlangan moddalar borligi aniqlangani yuzasidan axborot xati taqdim qilindi.

Sportchi Parij-2024 Olimpiya oʻyinlaridan soʻng, 2024-yil 19-noyabr kuni Fargʻona shahridagi xususiy shifoxonada soch koʻchirib oʻtkazish amaliyotini oʻtkazgan.

Shu sababli toʻrt bosqichli operatsiya amaliyotida va operatsiyadan keyingi muolajalarda shifoxona tomonidan taqdim qilingan davolanish uchun dori vositalarini qabul qilganligi va ushbu dori vositalarida ayrim taqiqlangan doping moddalari boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi va Lazizbek Mullajonov tomonidan Xalqaro Test agentligiga (ITA) ushbu masala yuzasidan kerakli barcha hujjatlar taqdim qilingan boʻlib, Lazizbek yakuniy qaror chiqishini kutmoqda.

Federatsiya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz ekani va yuqoridagi holat Olimpiya oʻyinlaridagi natijasiga hech qanday taʼsir koʻrsatmasligini maʼlum qildi.