Qayd etilishicha, metasteron anabolik androgen steroidlar toifasiga kiradi va Jahon dopingga qarshi agentlik (WADA) tomonidan har vaqt taqiqlangan modda hisoblanadi.

Sportchi ish yuzasidan xabardor qilingan va B-namuna tahlilini talab qilish huquqiga ega. Agar B-namuna natijalari A-namunani tasdiqlasa yoki tahlil soʻralmasa, ish doping qoidabuzarligi deb rasman eʼtirof etiladi.

Jahon boks antidoping qoidalarining 7.4.1-moddasiga asosan, sportchiga nisbatan vaqtincha taqiqlov chorasi qoʻllanilgan. U bu qarorga qarshi shikoyat qilish huquqiga ega.

Ishni Xalqaro test agentligi yuritmoqda. Tergov davom etayotgani bois, hozircha boshqa izoh berilmagan.