Bu haqdagi tegishli qaror direktorlar kengashida qabul qilingan. “LGning qoʻl telefonlarining eng raqobatli sektorini tark etishi kompaniyaga boshqa elektromobil, aqlli uy, robototexnika, sunʼiy intellekt va biznes uchun qarorlar, platformalar va servis kabi resurslarda oʻrnini mustahkamlash imkonini beradi”, — deyilgan bayonotda.

LG tomonidan ishlab chiqilgan telefonlar avvalgidek sotuvda boʻladi. Kompaniya maʼlum vaqt hududlar talabidan kelib chiqqan holda mijozlarga ularning mavjud telefon apparatlari uchun servis xizmatlari koʻrsatish va dasturiy taʼminotni yangilashni davom ettiradi. Shuningdek, LG taʼminotchilar va hamkorlari bilan mobil telefonlar biznesi toʻliq yopilguncha hamkorlik qilishi haqida vaʼda berdi.

LGning smartfon ishlab chiqarishdan voz kechishi toʻgʻrisidagi norasmiy xabari 1-aprelda eʼlon qilingandi. Ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan ishchilar kompaniyadagi oʻz oʻrinlarini saqlab qoladi va Chxanvondagi maishiy texnika ishlab chiqarish zavodiga koʻchiriladi.

Koreya korporatsiyasining telefon va shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishni toʻxtatishi toʻgʻrisidagi dastlabki xabar fevral oyining oxirida paydo boʻlgandi. Keyin esa LGning smartfonlar ishlab chiqaruvchi platformasiga xaridor topa olmagani va biznesni tark etishi maʼlum boʻldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.