Li Chje Myon 49,42 foiz, uning “Fuqarolik kuchi” partiyasidan raqibi Kim Mun Su 41,15 foiz, Islohotlar partiyasidan Li Chjun Suk esa 8,34 foiz ovoz oldi. Mehnat demokratik partiyasidan Kvon Yong Guk 0,98 foiz, mustaqil nomzod Son Chjin Xo esa 0,1 foiz ovozni qo'lga kiritdi.
Avvalroq, 94 foiz ovozlar sanab bo'lingandan so'ng, Janubiy Koreya OAVlari g'alaba Li Chje Myonga nasib qilishi mumkinligini xabar qilgan edi. Uning asosiy raqibi, “Fuqarolik kuchi” partiyasidan konservativ nomzod Kim Mun Su mag'lubiyatini rasman tan oldi va Li Chje Myonni g'alabasi bilan tabrikladi, deb xabar beradi ria.ru.









