FIFA «Lids» klubi zimmasiga sobiq futbolchisi, ayni paytda «Bazel» tarkibida toʻp surayotgan Jan-Kevin Ogyustenga 24,5 million funt sterling (28 million yevro) kompensatsiya toʻlash majburiyatini yukladi.

Gap shundaki, 2020-yili Ogyusten «Leypsig»dan «Lids»ga ijaraga beriladi. Shartnomada agar «Lids» APLga chiqsa, klub futbolchini sotib olishi kerak edi. Pandemiya tufayli Angliyada futbol mavsumi 17-iyunda tugaydi. Ogyustenning ijara muddati 30-iyungacha edi. Shu bois klub futbolchini sotib olmaydi.

«Leypsig» FIFAga murojaat qiladi va 15,5 million funt (17,6 million yevro) tovon puli undiradi. «Lids» futbolchi bilan hisob-kitob qilish kerakligini unutadi. Shuning uchun u ham FIFAga murojaat qildi va kattagina kompensatsiya oladigan boʻldi.