Sayl doirasida limonchilik sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati, mahalliy dehqonlar mehnatining samarasi va hosildor limonzorlar namoyish etildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda limonchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar tufayli yuzlab yangi issiqxonalar barpo etilmoqda. Ayniqsa, xonadonlarda limon yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar sonining ortib borayotgani sohaning iqtisodiy ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida “Turonbank” ATB vakillari tomonidan limonchilik sohasini rivojlantirishda bank tomonidan yaratilgan imtiyozli kreditlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida fermerlar o‘zaro tajriba almashib, issiqxonalarda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, parvarish usullari hamda hosildorlikni oshirish yo‘nalishlari haqida fikr almashdilar. Ishtirokchilar namunali limonzorlarni ko‘zdan kechirib, o‘z tajribalari bilan ham bo'lishdilar.
“Limon hosili sayli” — baraka, mehnat va fidokorlik bayrami!
Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Qumtepa MFYda limon yetishtiruvchilar, tadbirkorlar va soha mutaxassislari ishtirokida “Limon hosili sayli” bo‘lib o‘tdi.
Turkiyaga amaliy tashrif yakunlandi
- Dakar-2026: Özbekiston delegatsiyasi IV yoşlar yozgi Olimpiya öyinlarida 11 sport turida iştirok etadi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi nutqi
- Oʻzbekiston Prezidenti TDT sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Fuqaro samolyotlarini işlab çiqarişda yetakçi 10 ta davlat
- Özbekistondan Şri-Lankaga töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyildi