Nashr ma'lumotlariga ko'ra, hozirda 15 kishi halok bo'lgan va 18 kishi jarohat olgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og'ir. Avvalroq mahalliy OAV Lissabondagi “Gloriya” funikuleri relsdan chiqib, binoga borib urilgani haqida xabar bergan edi. Hodisa sabablari haqida ma'lumot berilmagan.
Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, odamlar turli darajadagi tan jarohati olishgan, jumladan, jabrlanganlar orasida bir nafar bola ham bor. Taxminlarga ko'ra, voqea kabelning uzilishi oqibatida sodir bo'lgan, shundan so'ng vagon relsdan chiqib, binoga urilgan.
Lissabondagi “Gloriya” funikuleri sayyohlar orasida juda mashhur. U XIX asrda qurilgan va Bayshaning markaziy tumanlaridan birini tepalikda joylashgan Bayrru-Altu tumani bilan bog'laydi, deb xabar berdi 24.kg.
Lissabon shahar kengashi halaokat tufayli uch kunlik motam e'lon qildi, shahar meri Karlush Muedash esa bu kunni “fojiali” kun deb atadi.