Litsenzion hududdan joy olgan dzyudochilarimiz oʻn yetti nafarga yetti

    Qozogʻistonda oʻtgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniridan soʻng dzyudochilarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi.

    Xalqaro dzyudo federatsiyasining tizimida qayd etilishicha, ayni holatga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasining 17 (11 nafar erkak + 6 nafar ayol) nafar aʼzosi Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi hududdan joy olgan. Ostonadagi turnirda shohsupaga koʻtarilgan Doston Roʻziyev litsenzion hududga yangi qoʻshilgan dzyudochi boʻldi.

    -60 kg:
    1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 2310 ochko
    6. Dilshodbek Baratov – 1644
    27. Doston Roʻziyev – 686

    -66 kg:
    1. Xifumi Abe (Yaponiya) – 2500 ochko
    15. Muhriddin Tilovov – 1214
    25. Sardor Nurillayev – 879

    -73 kg:
    1. Nils Shtamp (Shveysariya) – 2470 ochko
    6. Murodjon Yoʻldoshev – 1870
    8. Obidxon Noʻmonov – 1714
    12. Shahram Ahadov – 1460

    -90 kg:
    1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 2800
    3. Davlat Bobonov – 2174 ochko

    -100 kg:
    1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2715 ochko
    11. Muzaffarbek Toʻraboyev – 1289

    +100 kg:
    1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 2450
    2. Alisher Yusupov – 2310 ochko
    13. Shohruh Baxtiyorov – 1210

    Ayollar:
    -48 kg:
    1. Natsumi Sunoda (Yaponiya) – 2500 ochko
    24. Halimajon Qurbonova – 790

    -52 kg:
    1. Distriya Krasnichi (Kosovo) – 2855 ochko
    3. Diyora Keldiyorova – 2784
    11. Sita Qadamboyeva – 1096

    -57 kg:
    1. Krista Deguchi (Kanada) – 3450
    27. Shukurjon Aminova – 710

    -70 kg:
    1. Saki Nizoye (Yaponiya) – 3450 ochko
    21. Gulnoza Matniyazova – 875

    -78 kg:
    1. Alis Bellandi (Italiya) – 3250
    30. Irisxon Qurbonboyeva – 479

    Eslatib oʻtamiz, bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi. Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qitʼaviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan. Bir vaznda ikki yoki undan koʻp sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga koʻra tanlanadi.