2013 yil 30-iyulda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Litva sanoatchilar Konfederatsiyasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan, biroq ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirish masalasida ishlar amalga oshirilmagan.

Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalari, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar muhokama etildi.

Shuningdek, tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini muntazam ravishda rivojlantirish va ikki davlat tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston–Litva ishbilarmonlar kengashini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Qoʻshma ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash maqsadida Litvaga tashrifni tashkil etishga kelishib olindi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.