Litvadan qidiruvdagi jinoyatchi ilk marta Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

    Xalqaro hamkorlik 9 Iyul 2025 761

    Maʼlumotlarga koʻra u Jinoyat kodeksining 168-moddasida koʻzda tutilgan firibgarlikni sodir etganlikda ayblanmoqda.

    Qayd etilishicha, interpol Toshkent MMB xodimlari kuzatuvida Litva Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasiga Jinoyat kodeksining 168-moddasida koʻzda tutilgan firibgarlikni sodir etganlikda ayblanayotgan fuqaro ekstraditsiya qilindi.

    Taqdim etilgan hujjatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xalqaro qidiruvga berilganligi eʼlon qilindi.

    Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning Litva hududida ekanligi aniqlandi. U oʻsha yerda qoʻlga olinib, ekstraditsiya tekshiruvi uchun qamoqqa olingan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining iltimosnomasini qanoatlantirgandan soʻng, Litva tomoni jinoyatchini ekstraditsiya qilish va uni sodir etgan jinoyati uchun jazo tayinlash maqsadida topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

    Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda boʻlgan shaxs Interpol Milliy Markaziy Byurosining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakillari tomonidan respublika huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga topshirildi.