Elchi E.Bayarunas Litva biznes doiralarining oʻzbekistonlik sheriklar bilan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning turli yoʻnalishlarida hamkorlik qilishga qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Litva oʻrtasida transport va logistika, qishloq xoʻjaligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi oʻzaro jozibador tarmoqlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama etildi.
Litva Oʻzbekistonning YEIdagi eng yirik savdo hamkorlaridan biridir.
Oʻtgan 4 yil mobaynida mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasi 2,5 barobar koʻpayib, 500 million dollardan oshdi. Tomonlar ikki mamlakat tarmoqlarining imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali oʻzaro savdo hajmini yana-da oshirish zarurligini taʼkidladilar.
Joriy yilning kuzida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Litva hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.