Isroil armiyasi dastlab Isroilga kamida 100 ta raketa uchirilgani, ba'zilari Livanga tushgani ma'lum qilgan, keyinroq Livan tomonidan Isroil shimolidagi Meron tog'i hududiga yana kamida 70 ta raketa uchirilgani haqida xabar berilgan. Chorshanba kuni ertalab Livandan Isroil shimoliga jami 160 ga yaqin raketa uchirildi.
Qayd etilishicha, bir nechta raketa havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib olingan, biroq qolganlari tushib ketgan, raketa hujumlari oqibatida yong'in yuzaga kelgan.
Nashrning qo'shimcha qilishicha, jabrlanganlar va jiddiy vayronagarchiliklar haqida hozircha ma'lumotlar yo'q, deb xabar beradi korrespondent.net.