Qayd etilishicha, YTH bugun ertalab Ispaniya shimoli-gʻarbidagi Samora viloyatida sodir boʻlgan, futbolchi mashinada Portugaliyaning ikkinchi divizioni “Penafiyel“ klubida oʻynayotgan 26 yoshli ukasi Andre Silva bilan birga boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, avariya Ispaniyaning Samora provinsiyasidagi Sanabriya tumani yaqinida sodir boʻlgan. Diogu Jota va uning ukasi ketayotgan mashina trassadan chiqib ketgan, soʻng yongan. Shifokorlar yongʻin oqibatida ikki kishi hayotdan koʻz yumganini maʼlum qilgan.
Maʼlumot oʻrnida, iyun oyining oxirida Diogu Jota uylangani haqida xabar qilingan edi. Bir sutkadan kamroq vaqt oldin futbolchi toʻyidan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan edi.