Mamlakatimizning Mirsdagi elchixonasidan olingan maʼlumotga koʻra, Liviya tomoni Oʻzbekistonning tibbiyot sohadagi tajribasini oʻrganish, Liviya sogʻliqni saqlash sektoriga malakali oʻzbek shifokorlarini ishga jalb etish masalasiga qiziqish bildirmoqda.

Liviya diplomatiya missiyasi tomonidan ushbu mamlakat delegatsiyasi mazkur masalalar yuzasidan Oʻzbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, oʻzbek diplomatlari Liviya bilan mehnat migratsiyasi sohasida rasmiy hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish, Oʻzbekiston fuqarolari uchun ish kvotalari va ruxsatnomalari ajratilishi maqsadida Liviyaning vakolatli organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini oʻrganmoqda.