“Derna janubida ikkita to'g'on qulab tushgan, uchta ko'prik butunlay vayron bo'lgan, buning oqibatida shaharni suv bosgan. Butun mahallalar suv ostida qolgan, qurbonlar soni esa sezilarli darajada oshishi mumkin”, — dedi Liviya qurolli kuchlari vakili Ahmad al-Mosmari.
10-sentabr, yakshanba kuni “Daniel” to'foni yoqqan kuchli yomg'ir tufayli tog' daryolari qirg'oqlaridan toshib ketdi. Suv oqimi o'nlab uylarni vayron qildi. Yuzlab fermer xo'jaliklari va plantatsiyalar zarar ko'rdi, deb xabar beradi mir24.tv.









