Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Muqaddam 2 marotaba firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Ch.Oʻ. chekka hududlarda istiqomat qiluvchi M.Ch. va boshqalarni oʻzining agrofirmasi borligiga ishontirib, ularga ushbu agrofirma orqali lizing asosida “Cobalt” rusumli avtotransport vositasini olib berishga vaʼda berib, 31,1 mln soʻm hamda 3 900 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ch.Oʻ.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.