“London School of Economics and Political Science, LSE” universiteti talabalariga “Oʻzbekiston yoshlar turizmi elchilari” maqomi berildi

    Turizm 28 Iyun 2022 1369

    Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi binosida vazir oʻrinbosari B. Shaxriyorov hamda xalqaro universitetlarning TOP 1000 “QS World University Rankings 2022” reytingida 49-oʻrinda joylashgan “London School of Economics and Political Science, LSE” universitetining 7 nafar talabasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Ushbu talabalar AQSH, Polsha, Xitoy va Tailand fuqarolari boʻlib, Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xususan, yoshlar turizmini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qiziqish bildirdi.

    Uchrashuv davomida xalqaro maydonda turizm sohasida uchrayotgan muammo va kamchiliklar borasida fikrlar almashildi. Hozirgi kunda turizm sohasi rivojlangan mamlakatlarda turistlar oqimi koʻpligi va ularning tarixiy-madaniy obidalarga va ekologiyaga zarari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ahamiyat berilib, bu borada Oʻzbekistonda olib borilayotgan turizm siyosatiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Talabalarning Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga boʻlgan qiziqishlarini inobatga olgan vazirlik maʼmuriyati tomonidan ularga “Oʻzbekistonning yoshlar turizm elchilari” maqomi berish taklifi berildi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.