Mehmonlarni angorka tabiiy junini yuvish, u qanday qilib ustaning qoʻliga yetib kelishi, umuman, ishlab chikarishning barcha jarayonlari va tayyor mahsulot qiziqtirdi.

Uchrashuv samimiy va samarali oʻtdi. Mehmonlar xam, Venara Kalamullina ham oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

“Hunarmand” uyushmasi aʼzosi Veneraxon Kalamullina uchrashuvni tashkil qilish va oʻtkazishda yaqindan yordam bergan “Hunarmand” uyushmasi Qoʻqon tumani boʻlimi boshligʻi Maxliyo Meliboyeva va barcha xodimlarga chuqur minnatdorlik bildirdi, deb yozmoqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.