“Lonely Planet” O‘zbekistonni eng yaxshi sayohat maskani deb topdi

    “Lonely Planet” - sayohat bo'yicha qo'llanma va kitoblar nashriyoti bo‘lib, 1973-yilda Avstraliyada tashkil etilgan kompaniya 150 milliondan ortiq kitoblarni chop etgan. Kunlik kuzatuvchilari soni 15 mln. ga yaqin.

    London shahrida bo‘lib o‘tayotgan “World Travel Mart” xalqaro turizm ko‘rgazmasi davomida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamovga dunyodagi eng mashxur turistik nashriyotlardan biri “Lonely Planet” Vitse Prezidenti Tom Brody tomonidan 2024-yil uchun “O‘zbekiston - eng yaxshi sayohat maskani” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan maxsus sertifikat topshirildi.

    Ma’lumot uchun: “Lonely Planet” - sayohat bo'yicha qo'llanma va kitoblar nashriyoti bo‘lib, 1973-yilda Avstraliyada tashkil etilgan kompaniya 150 milliondan ortiq kitoblarni chop etgan. Kunlik kuzatuvchilari soni 15 mln. ga yaqin.

    Joriy yilning 25-oktabr kuni 10 nafar davlatlar (Benin, Chili, Xorvatiya, Hindiston, Pokiston, Meksiko, Marokash, Sent-Lyusiya va O‘zbekiston) orasida O‘zbekiston nomzodi “Lonely Planet” nashriyoti ekspertlari tomonidan g‘olib deb topilgan.

    “Lonely Planet” ekspertlari tomonidan taqdim etilgan ma’umotlarga ko‘ra O‘zbekiston quyidagilar islohotlar uchun tanlangan:

    “O‘zbekiston bo‘ylab vohadan tortib vohagacha sayohatchilar o‘tgan asrlar davomidagi savdo tarmoqlarini kuzatishda davom etmoqda. Bir paytlar obod qal’a shaharlarini bog‘lab turgan tuya karvonlari o‘rnini tezyurar temir yo‘l va qulay ichki reyslar tarmog‘i egallagan bo‘lsa-da, Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy madaniy markazlari hali ham Ipak yo‘li davrini eslatib turadi. Nurota tog‘larida jamoatchilik asosidagi turizm tashabbusi tashrif buyuruvchilarga cho‘pon jamoalari hayotini ko‘rsatadi”.