Unda:

  • 2021-yilning 1-iyulidan lotereyalarni tashkil etish uchun avval berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati toʻxtatilishi va ushbu faoliyat turini litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxatidan chiqarib tashlash;
  • 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab, lotereyalarni oʻtkazish bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish huquqini Yagona lotereyalar operatori tanlovini oʻtkazish maxsus komissiyasi tomonidan tanlanadigan yagona lotereya operatoriga berish;
  • Kapital bozorini rivojlantirish agentligini Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yagona lotereya tashkilotchisi sifatida belgilash va lotereyani tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni lotereyalarni tashkil etish faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobidan qoplash kabilar koʻzda tutilgan.

Shuningdek, qaror bilan lotereyalarning yutuq (mukofot) jamgʻarmasi lotereya biletlarini sotishdan tushgan pul mablagʻlarining kamida 60 foizini tashkil etishi belgilanmoqda.

Yagona lotereya operatori tanlov asosida Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi. Tanlovda nomzod sifatida davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari hamda davlat tashkilotlarining qatnashishi man etiladi.

Qarorda shuningdek, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bir oy muddatda Yagona lotereya operatorini tanlov asosida aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni, 2021-yilning 1-noyabriga qadar Lotereyalarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning yangi tahririni, 2021-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining “Lotereyalar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi qayd etilgan.