Hozirda qurilish hamda texnologiyalarni oʻrnatish ishlari yakunlangan, liniya yaqin muddatda ishga tushiriladi.

Yangi liniyaga Turkiya, Italiya va Xitoydan keltirilgan qiymati 7,3 million dollarlik zamonaviy uskunalar oʻrnatildi. Loyiha natijasida yillik 2184 tonna trikotaj matosini toʻqish, 3360 tonna trikotaj matosini hamda 1680 tonna momiq sochiq matosini boʻyash quvvati shakllantirildi.

Yillik 130 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 6,8 million dollarlik mahsulotni eksportga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

Korxonada matolarni boʻyash jarayonida ishlatilgan suvni oqava suv oqimiga chiqarishdan avval tozalash uchun 7 ta hovuzdan iborat zamonaviy suv tozalash inshooti ham barpo etilmoqda.