Yaxshi loyihalarga pul qidirayotgan tadbirkorlar koʻp, investitsiya kiritaman, deganlar ham yetarli.
Amaldagi tartibga koʻra, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar investitsiya kiritayotgan shaxsni taʼsischi qilib olishga majbur. Lekin bunga hamma ham rozi boʻlmaydi. Shu bois resurs boʻyicha asosiy yuklama haligacha banklarga tushayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Endilikda loyihaga soddalashgan tartibda mablagʻ jalb qilish boʻyicha investitsiya platformasi ishga tushiriladi. Bunda barcha korxonalar oʻzining loyihasini bu platformaga joylashtiradi, potensial investorlar esa istalgan loyihani tanlab, sarmoya kiritishi mumkin boʻladi.
Eng muhimi, investor taʼsischi emas, ulushdor sifatida daromadga sherik boʻladi, kiritgan mablagʻi kafolatli himoyalanadi.
Tadbirkorlar ushbu yangi tizim orqali yiliga qoʻshimcha 1 milliard dollar mablagʻ jalb qilish imkoniyatiga ega boʻladi.