Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentyabrdagi qarori ijrosidan kelib chiqqan holda Dehqonobod tumanida navbatdagi jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi. Unda “ANHOR TEKS” MCHJ tomonidan tumanning “Beshbuloq” MFY hududida rejalashtirilayotgan “Bentonetsimon gill foydali qazilmalarni kavlab olish” loyihasining atrof-muhitga taʼsiri muhokama qilindi. 

Jamoatchilik eshituvida Dehqonobod tuman hokimi, Dehqonobod tuman nazorat inspeksiyasi inspektorlari, mahalla faollari qatnashdi.  Eshituv davomida qatnashchilariga taqdim qilingan maʼlumotlar atroflicha oʻrganildi.

“ANHOR TEKS” MCHJ tomonidan rejalashtirayotgan “Bentonetsimon gill foydali qazilmalarni kavlab olish” uchastkasi aholi uylaridan uzoq masofada joylashganligi hamda ishlab chiqarishning atrof-muhitga va aholi salomatligiga taʼsiri sezilarsiz boʻlganligi sababli qatnashchilar bir ovozdan loyihani qoʻllab-quvvatladi.

            Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza

qilish boshqarmasi axborot xizmati