Ammo ruminiyalik mutaxassisning Kiyevda toʻlaqonli ish boshlashi ancha oydinlashib qoldi.
Mircha Luchesk masalasida Ruminiya futbol federatsiyasi Ukraina futbol tashkilotiga rasmiy murojaat bilan chiqishi ortidan Dinamo futbol klubi ushbu masala yuzasidan soʻnggi soʻzni aytdi: “Mircha Luchesk Kiyevda ishlaydi. Faqat, shartnoma shartlarining bir qator bandlariga qoʻl qoʻyganidan soʻng, rasman Dinamo bosh murabbiyligiga kirishadi!”
Ukrainada chop etiladigan “Futbol news” nashrining yozishicha, Dinamo(Kiyev) jamoasining murabbiylar shtabida Diyego Longo, Emil Karas, Ognen Vukoyevich, Oleg Gusev va Mixail Mixaylov yordam berishadi.
Dinamo(Kiyev)ning afsonaviy murabbiyi Valeriy Lobanovskiyning qizi Svetlana ruminiyalik mutaxassisning jamoada ish boshlashini “Dinamo”ning yangi futbol tarixi boshlanishidan dalolat, deya baholadi.
Kecha yosh dinamochilarning mashgʻulotlarini kuzatishga kelgan Mircha Luchesk klubga ilk qadamini Lobanovskiy haykali poyiga gul qoʻyishdan boshlagan.
Jamoa yangi murabbiylar shtabi nazoratidagi ilk mashgʻulotlarga ertaga 30-iyuldan kirishadi. Internet nashrlarining yozishicha, mashgʻulot oldidan Mirchaning jurnalistlar va jamoa ishqibozlar klubi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtishi belgilangan.
Toʻlqin ROʻZIYEV.