Kompaniya kasaba uyushmalar bilan aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishidan oldin xodimlarni asrab qolish maqsadida ularning xarajatlarini kamaytirish yo'llari bo'yicha muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda.

 Aviakompaniya aviatsiya sanoatida talabning sekinlik bilan tiklanishini bashorat qilmoqda va inqirozdan keyin u avvalgiga qaraganda 100 ta kam samolyotga ega bo'lishini kutmoqda, deya xabar beradi, BBC News. Lufthansa vakili kasaba uyushmalar bilan uchrashuvdan keyin so'zlagan nutqida, 26 000 ga yaqin xodim ishidan mahrum bo'lishi mumkinligini aytib o'tdi.

Qisqartirilgan xodimlarning yarmi Germaniya hissasiga to'g'ri keladi. Lufthansa 22 iyunga qadar ushbu tadbirlarni kasaba uyushmalar bilan muvofiqlashtirishni kutmoqda, deb yozadi BBC.

Lufthansa kompaniyasida 138 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Oldinroq kompaniya 10 ming kishi o'z ishini tark etishi mumkin, deb taxmin qilgan edi.

2020 yil boshida Lufthansa qimmatli qog'ozlarining qiymati 37 foizga tushdi. O'tgan hafta, Lufthansa aktsiyalari 2020 yilning 22 iyunidan boshlab Frankfurt fond birjasidagi 30 ta eng yirik kompaniya - DAX  indeksidan chiqarilishi ma'lum bo'ldi.