Unda ikki davlat oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlik aloqalari natijasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Xususan, I.Maxkamov Germaniyaning transport sohasidagi kompaniyalari Rhenus, Deutsche Bahn, DB Engineering & Consulting, DB Schenker va boshqalar bilan keng koʻlamli hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, transport vaziri Lufthansa aviakompaniyasining Oʻzbekistonga aviareyslarini tezda tiklashga umid bildirdi.
Uchrashuv davomida tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bogʻliq qator masalalarni yuzasidan fikr almashdi.
Ilhom Maxkamov yangi tayinlangan elchiga yuqori va masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilab, birgalikda transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi.