“Al Hilol” belgiyalikka 50 million yevro miqdorida maosh taklif qilishga tayyor. Forvard Saudiya klubiga yoʻl olishga jiddiy kirishgan, ammo koʻproq maosh olishni istaydi.
Lukakuni qoʻlga kiritish uchun “Al Hilol” “Chelsi” bilan kelishishi zarur. “Koʻklar” hujumchi transferi uchun 50 million yevrodan koʻproq mablagʻ soʻrashi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, YECHL finali ishtirokchisi, Belgiya termasi va Italiyaning “Inter” klubi hujumchisi Lukakudan oldin Saudiya Arabistoni klublariga bir qator eng nomdor futbolchilar, shu jumladan, Karim Benzema Saudiyaning “Al Ittihod” klubiga oʻtgandi.
Shuningdek, avvalroq yarim himoyachi Ngolo Kantening “Al Ittihod”, Aleksis Sanchesning esa “Al-Fatx” klubiga oʻtishiga yaqin turgani haqida xabar bergan edik.