Biroq, Belorusiya rahbari ketma-ket uchinchi kun ommaga koʻrinmayotgan boʻlsa-da, hali unga nima boʻlgani maʼlum emas.
Rossiyalik tarixchi Valeriy Solovey oʻzining “Facebook”dagi sahifasida Belorusiya prezidenti insultga chalindi, deb yozdi. Uning ayishicha, insultga chalingan Lukashenkoni xitoylik shifokorlar davolashmoqda".
Jurnalist Ivan Yakovinaning “YouTube”dagi kanalida taʼkidlashicha, TVda namoyish etilayotgan Aleksandr Lukashenko ishtirokidagi barcha lavhalar “, yaʼni oldindan yozib olingan. ”Rossiya Federatsiyasidan olingan norasmiy maʼlumotlarga koʻra, Lukashenko bir oy ichida ikkinchi gipertenziv inqirozini boshdan kechirgan — birdan qon bosimi koʻtarilib, hatto mikroinsultga chalingan", — deydi Yakovina.
Jurnalistning qoʻshimcha qilishicha, saylovlar oldidan Lukashenka olti kun davomida jamoatchilik nazaridan gʻoyib boʻlgan. Keyin esa faqat bir martagina televizorda koʻrinish bergan va oʻsha paytda ham uning salomatligida muammolar borligi yaqqol koʻzga tashlangan.