The Guardian nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, mazkur qaror muzeydan 88 mln evrolik zargarlik buyumlari o'g'irlanganidan to'rt oy o'tib, shuningdek, chiptalar bilan bog'liq firibgarlik sxemasi tergovi ortidan qabul qilingan.
Xabarga ko'ra, iste'fo haqidagi ariza Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronga topshirilgan. Makron de Karning qadamini "masuliyat akti" deb atab, uni arizani qilgan.
19 oktyabr kuni niqob taqqan jinoyatchilar Luvrga kirib, imperatorlik kollektsiyasiga tegishli to'qqizta eksponatni, jumladan Napoleon va uning rafiqasi Jozefinaga tegishli zargarlik buyumlarini o'g'irlashgandi. O'g'irlik natijasida etkazilgan zarar 88 million evro deb baholangan.