Onlayn-tadbirda, shuningdek, Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori Gayane Umerova va Luvr muzeyi bosh direktorining diplomatik maslahatchisi Alberto Vial ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri hisoblangan Luvr Fransiyaning oʻziga xos tashrif qogʻozidir. U badiiy kolleksiyasi boʻyicha jahonda eng oldingi oʻrinlardan birida turadi. Shu sababli ushbu muzey bilan hamkorlik aloqalari Oʻzbekiston uchun oʻziga xos ustuvor yoʻnalish hisoblanadi.

Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Luvr muzeyi oʻrtasida oʻzaro kelishuv hamda hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolangan. Unga muvofiq, Luvr muzeyida Oʻzbekistonning madaniy merosiga bagʻishlangan yirik koʻrgazmani oʻtkazish nazarda tutilgan.

Onlayn-muloqot chogʻida ushbu koʻrgazmaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, Jan Lyuk Martines ikki mamlakat uchun mazkur tadbirning ahamiyatini inobatga olib, Luvr maʼmuriyati koʻrgazmani 2022-yil davomida yuqori darajada oʻtkazish uchun barcha saʼy-xarakatlar safarbar etilishini taʼkidladi.

Oʻzbekistonda yurtimizning boy tarixi, madaniy merosi va qadriyatlarini oʻzida aks ettirgan ushbu tadbirga yuqori darajada eʼtibor qaratayotganligi bildirildi.

Muzey va Jamgʻarma oʻrtasida imzolangan memorandumdan soʻng salmoqli chora-tadbirlar, jumladan restavratsiya ishlari amalga oshirildi.

Uchrashuvda tomonlar pandemiyadan soʻng rejalashtirilgan ish jadvallari va yaqin istiqboldagi vazifalarni kelishib oldi.