Dunyodagi eng ko'p tashrif buyuriladigan muzey keng miqyosli yangilanish doirasida collections.louvre.fr veb-saytida 480 ming donadan iborat yangi ma'lumotlar bazasini yaratdi. Virtual eksponatlarning to'rtdan uch qismi allaqachon tushuntirish ma'lumotlari bilan ta'minlangan.

Veb-saytda muzeyning sakkizta bo'limi kollektsiyasi, Uyg'onish davri haykallaridan tortib, qadimiy Misr buyumlari, san'at asarlarigacha mavjud. SHuningdek, sayt foydalanuvchilarga odatda tomosha qilish mumkin bo'lmagan, saqlanayotgan san'at asarlarini o'rganishga imkoniyat yaratilgan. Ma'lumotlar frantsuz, ingliz, ispan va xitoy tillarida berilgan.
— Istagan odam birinchi marotaba butun badiiy asarlar to'plamini komp`yuter yoki smartfon orqali bepul olishi mumkin. Luvrning ajoyib madaniy merosi bir necha qadam masofada joylashgan. Ushbu harakat bir necha yil davomida tadqiqotchilar bilan bir qatorda keng jamoatchilikka xizmat qilish maqsadida tayyorlanib kelinmoqda, — dedi muzey direktori Jan-Lyuk Martines.   

Pandemiya paytida rahbariyat bu qarorni  louvre.fr   asosiy saytiga trafik keskin ko'payishi fonida qabul qildi. Koronavirus pandemiyasi va rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari tufayli muzeyning o'zi tomoshabinlar uchun yopiq.