Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi taklifi bilan viloyatimizga tashrif buyurgan teatr jamoasi 4-apreldan 15-aprelga qadar Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon shaharlarida hamda Rishton va Soʻx tumanlarida boʻlib, Hotam Salimovning “Shoʻx malika” (“Ozornaya prinsessa”) spektaklini namoyish qilishadi. Spektakl rus va tojik tillarida sahnaga qoʻyiladi.

1985-yilda tashkil topgan “Luxtak” Tojikiston davlat qoʻgʻirchoq teatri oʻtgan davr mobaynida 50 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan, xorijda oʻtkazilgan qator xalqaro koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallagan.

Joriy yil 11-20-mart kunlari Fargʻona viloyat qoʻgʻirchoq teatri “Musiqali choyxona” spektakli bilan Tojikistonda gastrolda boʻlib qaytgandi.