Uchrashuvda ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo koʻlamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Мamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oʻrganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda saʼy-harakatlarni kuchaytirishi lozim. Janob Elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deydi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.