Amaldagi tartiblarga koʻra ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish mumkin emas.

Shunga qaramay, ayrim shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda madaniy boyliklarimizni respublikamiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga urinish holatlari uchramoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “ MERSEDES BENZ VITO” rusumli   avtotransport vositasi bojxona  nazoratidan oʻtkazilganida “ARTEL MEDNIK ” yozuvi bilan tamgʻa bosilgan  taxminan 1923-yillarda ishlab chiqarilgan madaniy boylik roʻyxatiga kiradigan samovar borligi aniqlandi.

Mazkur holatda, ekspertiza xulosasiga koʻra respublikamiz hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi belgilandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.