Madaniy boyliklarni yurtimizdan turli nayranglarni qoʻllagan holda olib chiqishga boʻlgan urinishlarga qarshi tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga uchib ketmoqchi boʻlgan fuqaro S.Z.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va ushbu shaxs oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida aytilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqilishi taqiqlangan jami 11 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.