12-fevral kuni Surxondaryo viloyati hokimi, diniy soha vakillari, tarixchi olimlar, madaniy meros boshqarmasi masʼullari ishtirokida Termiz tumani “At-Termiziy” mahallasidagi Eski Termiz hududi Abu Bakr Varroq Termiziy qabri joylashgan hududda oʻrganish ishlari olib borildi.
Mazkur madaniy meros obyektida 2021-yilda tadbirkor tomonidan noqonuniy tuproq uyumlari olib chiqib ketilishi natijasida madaniy meros qatlamiga jiddiy zarar yetkazilgan va bir qancha qabrlar ochilib qolgan. Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi hamda prokuratura organlari tadbirkor tomonidan madaniy meros obyektiga yetkazilgan zararni aniqlash va holatni qayta oʻrganish boʻyicha ishlarni boshlashdi.
Ushbu hududni muqaddas qadamjoga aylantirish, obodonlashtirish, qayta tiklash ishlarini olib borish boʻyicha tarixchi olimlarning taklif va tavsiyalari asosida loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan masʼullar tomonidan vazifalar belgilab olindi.