Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid Kattatepa arxeologik yodgorligi 876 m3-maydoni fuqaro Z.H. va boshqalar tomonidan molxona qurish uchun buzib yuborilib, yodgorlikka 23,3 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi.
Shuningdek, Navoiy viloyatidagi Oqtepa-1 arxeologiya yodgorligining 193 metr/kub tuprogʻi 3 nafar fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan kovlab olinib, yodgorlikka 2,6 mlrd soʻmlik, Badaxshontepa arxeologiya yodgorligining 164 metr/kub hududi ekin maydoniga aylantirilgani natijasida 2,3 mlrd soʻmlik, Yomonqiyottepa yodgorligining 12 m3-maydoni kovlab olingani natijasida 163 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Shu kabi, Namangan viloyati Uychi tumanida oʻrta asrlarga oid Tolmozortepa arxeologiya yodgorligining 0,48 gektar qismi fuqaro A.K. tomonidan texnika yordamida tekislanib, yodgorlikka 871 mln. soʻmlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi belgilangan.