Bugun Madaniyat vazirligida Teatrlar va sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash teatr va sirk sanʼati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususan, 2021-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan teatr jamoalari faollari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida respublika teatrlari rahbarlari, bosh rejissyorlar tajribali aktyorlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Mazkur davra suhbatida respublika miqyosida oʻtkazilayotgan festivallar saviyasini yana-da koʻtarish, xalqaro yoshlar festivali forumini tashkil etish va oʻtkazishda tashkiliy masalalar yuzasidan fikr mulohazalar, 2022-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro teatr festivali yuzasidan takliflar, teatrlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari hamda kadrlar masalalari mavzulari ishtirokchilar bilan koʻrib chiqildi.