Madaniyat vaziri va Turkiyaning “Gursoy Group” kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashdi

    Madaniyat 19 Noyabr 2020 1113

    Madaniy meros obyektlarimizning restavratsiya ishlarida hamkorlik qilish, bu borada mutaxassislarimizning malakasini oshirish hamda ikki tomonlama ishchi guruh tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Turkiya Respublikasining “Gursoy Group” kompaniyasi bosh direktori Bilgin Koseoʻgʻli oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida ikki tomon hamkorligining istiqbolli jihatlari, jumladan, mamlakatimizdagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish orqali asrash va ulardan oqilona foydalanish masalalariga eʼtibor qaratildi. Yakunda ikki tomon oʻrtasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.

    Eslatib oʻtamiz, “Gursoy Group” kompaniyasi tarixiy madaniy meros obyektlarida restavratsiya va konservatsiya ishlarini amalga oshirish, zamonaviy koʻrinishli yirik innovatsion bino va inshootlarni qurish borasida yetakchi tajribaga ega boʻlgan xalqaro tashkilot hisoblanadi.