Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Qoraqalpogʻistonga nima maqsadda bordi?

    Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari B.Ahmedov xizmat safari bilan Qoraqalpogʻistonga yoʻl oldi.

    Vazir oʻrinbosari dastavval, Opera va baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi ish faoliyati, qabul jarayonlari, yangi oʻquv yili uchun koʻrilgan hozirliklarni koʻzdan kechirdi.

    Shuningdek, yangidan tashkil etilgan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali uchun mos bino ajratish boʻyicha Nukus shahri “Hurliman qiz baxshi” koʻchasida joylashgan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialining eski binosini koʻzdan kechirdi.

    B.Ahmedov aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrish borasida masʼul mutasaddilarga muhim koʻrsatma va topshiriqlar berdi.