Madaniyat vazirligi o'zbek san'ati va madaniyatini rivojlantirish hamda uning xalqaro miqyosdagi imidjini yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotgan san'at darg'alarining ijodini yuksak darajada e'tirof etish maqsadida Zor teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Ehtirom” nomli yangi teleloyihani boshladi.

Mazkur teleloyihaning ilk soni O'zbekiston xalq artisti, mahoratli raqqosa Rushana Sultonova ijodiga bag'ishlandi, deb xabar beryapti Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.