Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ushbu lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Nurbek Shukurov Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. 2016-yildan boshlab shu kunga qadar prokuratura organlari tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

N.Shukurov 2020-yil fevral oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.