Rossiya Federatsiyasining quyidagi 4 ta yirik shaharlarida, jumladan:
- 26-oktyabr — 1-noyabr kunlari Samara shahri;
- 23-24-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahri;
- 1-2-dekabr kunlari Qozon shahri;
- 15-16-dekabr kunlari Moskva shahrida
“Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar xalqaro koʻrgazmalar oʻtkaziladi.
Ushbu koʻrgazmalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yaʼni, meva-sabzavot, qandolatchilik va qayta ishlangan oziq-ovqat sanoati eksponatlari alohida milliy stendlarda namoyish etilishi koʻzda tutilgan, deb xabar beradi Qishloq joʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, ushbu xabarda koʻrgazmalarda ishtirok etmoqchi boʻlgan tadbirkor va eksportyorlar 30-sentyabrgacha Vazirlikning Tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish va tahlil boshqarmasiga +(998) 90 961-09-04 telefoni orqali murojaat qilishi mumkinligi maʼlum qilingan.