Tadbir doirasida vatandoshlarimiz Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jumladan, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan umumdavlat dasturlari va ularning hayotga tadbiq etilishiga doir muhim maʼlumotlar bilan tanishtirildi. Xususan, diniy sohadagi erkinliklar va shaffoflik, bagʻrikenglik tamoyillariga asoslangan davlatimiz siyosatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu oʻrinda mamlakatimizda tashkil etilayotgan diniy taʼlim muassasalarida kelgusida oʻz mutaxassisliklari boʻyicha faoliyat yuritishlari uchun qulay imkoniyatlar mavjud ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda Bosh konsulxona tomonidan talabalarga koʻrsatilayotgan konsullik-huquqiy ishlar, Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan Podshohlikda yashash tartibiotlari boʻyicha qabul qilingan oʻzgarishlar bilan bogʻliq masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Suhbat yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.